4. Yo'l-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning fazifasi.

4.1Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga dahldor haydovchilar kuyidagilarni bajarishlari shart:
transport vositasini darhol to'xtatishi, falokat yorug'lik ishoralarini yoki falokat sababli to'xtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq)ni o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga dahldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi;
shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur bo'lgan choralarni ko'rishi, “Tez tibbiy yordam"ni chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikast-langanlarni yaqin oradagi davolash muassasasiga yo'lakay transportda jo'natishi, buning iloji bo'lmagan hollarda o'z transport vositasida olib borishi, u erda o'z ismi-sharifini, transport vositasining raqamli belgisini bildirishi (haydovchilik guvohnomasini yoki o'z shaxsini tasdiqlovchi, transport vositasining ro'yhatdan o'tganlik hujjatini ko'rsatishi) va hodisa ro'y bergan joyga qaytib kelishi;
agar boshqa transport vositalarining harakatiga to'sqinlik kilsa, avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini kayd etib (imkoniyati bo'lgan hollarda guvohlar ishtiroqida), ularning yo'qolmasligini ta'minlashi, so'ngra qatnov qismini bo'shatishi yoki hodisa ro'y bergan joyni aylanib o'tishni tashkil qilishning o'ziga bog'lik bo'lgan barcha choralarini ko'rishi;
hodisa hakida militsiyaga habar berishi, guvohlarning ismi sharifini va manzilgohini yozib olib, militsiya xodimlarining kelishini kutishi.
4.2Agar yo'l-transport hodisasida shikastlanganlar bo'lmasa va haydovchilar hodisa vaziyatiga baho berishda o'zaro kelisha olsalar, oldindan hodisa chizmasini tuzib va uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskani yoki militsiya organiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz