5. Piyodalarning fazifalari.

5.1Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi.
5.2Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan yo'lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo'ylab o'ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.
5.3Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib utishlari kerak.
Ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi bo'laksiz va to'siqsiz yo'llarda piyodalarga yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruhsat etiladi.
5.4Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.
5.5Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha bo'lgan masofani va uning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng yo'lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, ular yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan tashqarida kesib o'tishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo'qligiga ishonch hosil kilmasdan turib kurinishni cheklovchi to'xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to'sik panasidan chiqmasliklari kerak.
Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.
5.6Agar yo'l harakati havfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to'xtamasliklari kerak.
O'tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari lozim.
Keyingi harakatlanish havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so'ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o'tishni davom ettirishlari mumkin.
5.7Yalt-yalt etuvchi ko'k rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.
5.8Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular bo'lmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yo'l yoqasida kutish kerak.
Maxsus jihozlangan bekatlari bo'lmagan to'xtash joylarida transport vositasi to'la to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun yo'lning qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yo'lning qatnov qismini bo'shatishlari shart.
Bekatlarga borayotgan yoki undan kaytayotgan piyodalar Qoidalarning 5.4-5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz