3. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.

3.1Mexanik transport vositasining haydovchisi:
haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo'yilgan bo'lsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo'yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;
vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruhsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda esa haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.);
transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilgani haqidagi hujjatni, transport vositasining egasi bo'lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, belgilanga hollarda yo'l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini yonida olib yurishi, militsiya xodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir.
3.2Tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan shaxs o'ziga qarashli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi, yoxud tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtiroqidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin.
3.3Mototsiklda harakatlanayotganda haydovchi maxsus bosh kiyimini kiyib olishi, tugmalashi, yo'lovchilar ham maxsus bosh kiyimini kiygan va u tugmalangan holda bo'lishi shart.
3.4Halqaro yo'llardagi harakatlanishda ishtiroq etayotgan mexanik transport vositasi haydovchisining yonida "Yo'l harakati haqidagi" Konventsiya talarlariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining ro'yxatdan o'tganligi haqidagi hujjat, transport vositasida esa ro'yxatdan o'tgan davlatning raqamli va taniqlik belgisi bo'lishi shart.
3.5Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga amal qilishga majburdir:
harakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to'liq jihozlanganligini tekshirishi;
harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik holatini soz holda bo'lishini ta'minlashi;
harakatlanishni boshlashdan oldin yo'lovchilarning transport vositasiga to'liq chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yo'lovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida yo'lovchilar tashiyotganda ushbu Qoidalarning 6.2 bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;
harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi;
militsiya xodimlarining talabiga ko'ra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruvdan o'tishi; yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan transport vositasini shatakka olish (faqat yuk avtomobilida), tabiiy ofatlar sodir bo'lgan joylarga etib borish, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan xizmat fazifalarini bajarish zarurati tug'ilgan hollarda militsiya xodimlariga, yo'lakay yo'nalishda tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga, zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo'lgan fuqarolarni davolash muassasasiga olib borish uchun tibbiyot va militsiya xodimlariga, militsiyaning shtatdan tashqari xodimlariga va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan foydalanishga imkon berishi.
Eslatma: tibbiy hizmatlar uchun transport vositasidan foydalanishga imkon berishdan boshqa hollar fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas.
Transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda tegishli namunadagi ma'lumotnoma yozib berishi lozim.
Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs haydovchining talabiga muvofik o'z xizmat guvohnomasini ko'rsatishi shart.
3.6Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasini har qanday mastlik (alkogol', giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati havfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshkarish;
har qanday mastlik holatida sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati havfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblikda bo'lgan, shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi bo'lmagan yoki yo'l varaqasida ismi-sharifi ko'rsatilmagan shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;
texnik nosoz transport vositasini, moped, motoroller va mototsikllarni tovush pasaytirgichsiz boshqarish;
transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz bo'lsa, korong'i vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida - faralar va orqa gabarit chiroklari yonmasa, yomg'ir, qor yog'ayotgan vaqtda esa haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamay qolsa, bunday transport vositalarida harakatlanish;
Eslatma: ishchi tormoz tizimi yoki boshqaruvi sekin harakatlanayotgan transport vositasini to'htashi yoki manyovr qilishiga imkon bermasa, ular ishlamayotgan hisoblanadi.
transport vositalariga tegishli ruhsatsiz mahsus texnik jihozlar (ratsiya, sirena va h.k.)ni o'rnatish;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (shuningdek, piyodalar jamlanmalari) harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz