19. Turar-joy dahalarida harakatlanish.

19.1Turar-joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz halaqit bermasliklari kerak.
19.2Turar-joy dahalarida:
mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish;
yurgizgichi ishlab turgan holda to'xtab turish;
ruxsat etilgan to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, belgi yoki chiziqlar bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi taqiqlanadi.
19.3Turar-joy dahalarida haydovchilar piyodalar havfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va o'simliklarning shikastlanmasligini ta'minlashlari zarur.
19.4Turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.
19.5Ushbu bo'limdagi talablar hovlili hududlarga ham tegishlidir.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz