18. Avtomagistrallarda harakatlanish.

18.1Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi;
ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo'laklardan boshqa bo'laklarda harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash,
ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.
18.2Qatnov qismida majburiy to'xtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofik belgilashi va bunday holatlar uchun mo'ljallangan bo'lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o'ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko'rishi kerak.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz