10. Harakatlanishni boshlash, yo'nalishlarni o'zgartirish

10.1Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish (qayrilib olish), yo'nalishini o'zgartirish va to'xtashdan oldin o'z harakati bilan boshqa transport vositalariga havf solmayotganligiga va to'sqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
10.2Yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan chiqishda o'zining harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.
10.3Haydovchi qayta tizilishda yon bo'lakda yo'lakay harakat yo'nalishini o'zgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
Yo'lakay yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.
10.4Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi o'ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.
10.5Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakat tomoniga o'tib ketmasin.
O'ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o'ng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
10.6Transport vositasi o'zining gabarit o'lchamlariga yoki boshqa texnik sabablariga ko'ra Qoidalarning 10.4 bandi talablariga muvofik burilishni bajara olmasa, yo'l harakati havfsizligini ta'minlab va boshqa transport vositalariga halaqit bermasdan undan chetga chiqishiga yo'l ko'yiladi.
10.7Rel'ssiz transport vositasining haydovchisi yo'lning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalariga va yo'lakay yo'nalishdagi tramvayga yo'l berishi shart.
Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap vaziyatdan qayrilib olish uchun etarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi yo'lakay va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
10.8Transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati ushbu Qoidalarda ko'zda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
10.9Sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burilmoqchi bo'layotgan haydovchi o'z vaqtida shu bo'lakka o'tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo'lga chiqish joyida tezlanish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni bo'lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi, so'ngra oqimga ko'shilishi kerak.
10.10Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:
piyodalarning o'tish joylarida;
tonnellarda;
ko'priklar, osma yo'l (estakada)lar, osma ko'priklar va ularning ostida;
temir yo'l kesishmalarida;
yo'lning ko'rinishi biron-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.
10.11Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati havfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda, haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi mumkin.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz