2. Boshqaruv qurilmasi.

2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft (qismlar birikmasidagi eyilish) yig'indisi quyidagi ko'rsatgichdan katta bo'lsa:

T/r Transport vositasining turiErkin qismlar o'rtasidagi eyilish yig'indisi, ko'pi bilan gradus hisobida
1Engil avtomobillar va ular asosida yaratilgan yuk avtomobillari hamda mikroavtobuslar10
2Avtobuslar20
3Yuk avtomobillari25

2.2. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida ko'zda tutilmagan sezilarli o'zgarishlar yoki transport vositasida yukxonasi (rama, kabina, shassi)ga nisbatan qo'zg'algan bo'lsa, qurilmadagi rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan bo'lsa.
2.3. Boshqaruv qurilmasining tuzilishida ko'zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi asbob (dempfer) nosoz bo'lsa yoki umuman bo'lmasa.
2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldik deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo'lgan qismlar o'rnatilgan, shu transport vositasi turida ko'zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo'llangan bo'lsa.

Hosted by uCoz