24.1 | Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o'rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o'tkazilishi kerak. |
24.2 | Yo'llarda boshqarishni o'rgatishga faqat yo'riqchi ishtiroqida, o'rganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini etarlicha egallagandan so'nggina ruxsat etiladi. O'rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart. |
24.3 | Boshqarishni o'rgatayotgan yo'rikchi o'rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega bo'lishi kerak. |
24.4 | Haydovchilarni tayyorlash mashg'ulotlari o'quv yakunida avtomobil' boshqarishni o'rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni o'rganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni o'rganuvchi esa 16 yoshga to'ladigan shaxslar bilan olib boriladi. |
24.5 | Boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari Boshqarishni o'rgatish transport vositasi taniqliq belgisi va yo'riqchi uchun orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari boshqarishni o'rgatish transport vositalarida yo'riqchi uchun qo'shimcha ulovchi (stsepleniye) va to'xtatish tepkilari ham bo'lishi kerak. |
24.6 | Boshqarishni o'rgatish yo'nalishlari Davlat avtomobil' nazorati organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa Yo'llarda boshqarishni o'rgatish taqiqlanadi. |