3. Taqiqlovchi belgilar.

Taqiqlovchi belgilar yo'l harakatiga ma'lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo'llaniladi.


3.1
"Kirish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlangan

3.2
"Harakatlanish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.3
"Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan"

3.4
"Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" To'la vazni 3.5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilganda ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

3.5
"Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan"

3.6
"Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" Traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.7
"Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan" Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik trasport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.

3.8
"Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan" Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab o'tish taqiqlanadi.

3.9
"Velosipedda harakatlanish taqiqlangan" Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.10
"Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan"

3.11
"Vazn cheklangan" Haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.12
"O'qqa tushadigan og'irlik cheklangan" Birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.13
"Cheklangan balandlik" Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.14
"Cheklangan kenglik" Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.15
"Cheklangan uzunlik" Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalari (transport vositalarining tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.16
"Eng kam oraliq" Belgida ko'rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.

3.17.1
"Bojxona" Bojxona (tekshiruv maskani) oldida to'xtamasdan o'tish taqiqlanadi.

3.17.2
"Xavf-xatar" Yo'l-trasnport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

3.18.1
"O'ngga burilish taqiqlanadi"

3.18.2
"Chapga burilish taqiqlanadi"

3.19
"Qayrilish taqiqlanadi"

3.20
"Quvib o'tish taqiqlanadi" Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

3.21
"Quvib o'tish taqiqlangan hududning oxiri"

3.22
"Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan" To'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'gan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno.

3.23
"Yuk avtommobillarida quvib o'tish taqiqlangan hududning oxiri"

3.24
"Yuqori tezlik cheklangan" Belgida ko'rsatilgan ortiq tezlikda (km/soat) harakatlanish taqiqlanadi.

3.25
"Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri"

3.26
"Tovuch moslamalaridan foydalanish taqiqlangan" Yo'l transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.

3.27
"To'xtash taqiqlangan" Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi.

3.28
"To'xtab turish taqiqlangan" Transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlangan.

3.29
"Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi"

3.30
"Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi"

3.31
"Barcha cheklovlarning oxiri" 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26-3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3.1-3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, 3.2-3.8 belgilari ta'sir oralig'ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli yohud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yo'q. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
Ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga binoan Nogiron taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarnii boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 qo'shimcha axborot belgisi bo'lganda 3.27 belgisining ta'sir oralig'ida to'xtashga ruxsat etiladi.
3.28-3.30 - belgilari taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yo'q.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldida o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26-3.30 belgilarining ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo'lmagan aholi yashaydigan joylarda aholi yashaydigan hududning oxirigacha, yo'lga yondosh hududlardan dala va o'rmonlarning yo'l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo'llardan chiqish joylarda, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta'siri yo'qolmaydi.
Aholi yashaydigan joylarga etmay o'rnatilgan 3.24 belgisining ta'siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta'sir doirasi:
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo'shimcha belgisi orqali;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 va 7.2.1 qo'shimcha belgisi orqali;
3.27-3.30 belgilarining amal qilish oralig'i oxiriga 3.27-3.30 belgilari 7.2.3 qo'shimcha belgisi bilan birga takror o'rnatiladi yoki 7.2.2 bilan qo'llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig'i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig'i bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27-3.30 belgilari yo'lning qaysi tomoniga o'rnatilgan bo'lsa, ularga faqat o'sha tomonda amal qilinadi.


Hosted by uCoz