12.1 | Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning hususiyati hamda holatini, yo'l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak. Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak. Harakatlanishda, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo'lgan havf yoki to'siq paydo bo'lsa, u transport vositasining tezligini to'la to'xtashini ta'minlaydigan darajada kamaytirish yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun havfsiz aylanib o'tish choralarini ko'rishi kerak. |
12.2 | Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. |
12.3 | Aholi yashaydigan joylardan tashqarida: engil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan; shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikro-avtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan; boshqa avtobuslar, tirkamali engil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. |
12.4 | Har qanday yo'llarda: odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan; mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan; havfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DAN bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. |
12.5 | Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish; tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan taniqlik belgi (Tezlik cheklangan)da ko'rsatilgan qiymatidan oshirish; zarurat bo'lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga halaqit berish; yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish. |
< < < oldingi bob | keyingi bob > > > |