21.1 | Tramvay yo'li chorrahadan boshqa joylarda yo'l qatnov qismini kesib o'tadigan bo'lsa, tramvyj rel'ssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo'ladi (depodan chiqish joylaridan tashqari). |
21.2 | Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1-5.10.3 belgilari bilan ajratilgan bo'lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar bu bo'lak yo'l qatnov qismining boshqa joyidan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu bo'lakka qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi. |
21.3 | Aholi yashaydigan joylarda bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin. |
< < < oldingi bob | keyingi bob > > > |