7. Transport vositasi tuzilishining bo'lak qismlari.
7.1. Transport vositasining tuzilishida ko'zda tutilgan orqa tomonni ko'rsatuvchi ko'zgu bo'lmasa. 7.2. Tovush moslamasi (signal) ishlamasa. 7.3. Transport vositasiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklaydigan qo'shimcha narsalar, ko'zgusimon, shuningdek, tegishli davlat standartlarida belgilangan me'yorlarni buzgan holda tayyorlangan tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o'rnatilgan bo'lsa.
Izoh: 1. Engil avtomobillarning oldingi ikki yoniga orqa tomon ko'rinishini ta'minlaydigan tashqi ko'zgu o'rnatilgandagina orqa oynasiga parda o'rnatishga ruxsat etiladi.
2. Transport vositalarining faqat orqa va yon oynalari yorug'lik o'tkazuvchanligini 70% dan kam bo'lmaydigan qilib, davlat standarti talablarini buzmagan holda tusini o'zgartirish (qoraytirish)ga ruxsat etiladi. Avtomobillarning tom qismidagi lyuk oynasi bundan mustasno. 7.4. Tarkibida ko'zda tutilgan yukxona, kabina eshiklari, qulflari, yuk platformasi bortlarining temir yopqichlari, yonilg'i idishi va tsisternalar og'zining qulflari, haydovchi o'rindig'i holatini sozlovchi moslama, falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari, eshiklarni ochish va yopish moslamasi, spidometrlar, haydab olib qochishga qarshi, oynani isituvchi va havo almashtirish moslamalari buzuq bo'lsa yoki umuman bo'lmasa. 7.5. Spidometr qurilmasi nosoz yoki tamg'alanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) bo'lsa. 7.6. Tarkibida ko'zda tutilgan, o'zi yurib ketganda xavfsizlikni ta'minlovchi orqa bufer, loy to'sgich va sachratmagichlar bo'lmasa. 7.7. Ressorlarning asosiy qatlami yoki markaziy bolti shikastlangan bo'lsa. 7.8. Shatak tirkama burimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi hamda ko'zda tutilgan ehtiyot (po'lat arqon) zanjirlari nosoz bo'lsa. Mototsikl bilan kajava ramasi mahkamlangan joyda lyuft (ramalar o'rtasida oraliq, eyilish) bo'lsa. 7.9. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa:
avtobuslarda tibbiyot qutichasi (aptechka), favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalanadigan bolg'acha, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
mikroavtobus, yuk va engil avtomobillarda tibbiyot qutichasi (aptechka), o't o'chirgich, majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
ishlab chiqargan korxona tomonidan nazarda tutilmagan va belgilanmagan joyda antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar va har xil bezaklar tegishli ruxsatsiz o'rnatilsa;
to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida va to'la vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq);
avtopoezdlar, tirkamalar, traktorlar, aravalar va boshqa o'ziyurar mashinalarda tashqi yorug'likni qaytaruvchi (qizil-oq rangli) xavfsizlik moslamalari;
kajavali mototsikllarda tibbiyot qutichasi, falokat sababli to'xtashga majbur bo'lganini bildiruvchi belgi.
Izoh. Tibbiyot qutichasi va o't o'chirgich transport vositalarini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan joyga mustahkam o'rnatiladi. Agar transport vositasining konstruktsiyasida bunday joylar ko'zda tutilmagan bo'lsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyga, o't o'chirgich esa engil avtomobillarning salonida yoki jukxonasida, avtobuslarda esa bitta o't o'chirgich haydovchining kabinasida, ikkinchisi yo'lovchilar salonida bo'lishi kerak (mikroavtobuslarda bitta o't o'chirgich haydovchiga qo'lay joyjda o'rnatiladi). Katta va o'rta avtobuslar bundan tashqari favqulodda holatlarda avtobus oynasini sindirish uchun maxsus bolg'achalar bilan (avtobus salonida) jihozlangan bo'lishi lozim. 7.10. Maxsus transport vositalarida ko'zda tutilgan chiroq-mayoqcha, navbatma-navbat chalinadigan maxsus tovushlar va rangdor chizmalardan foydalanayotgan bo'lsa. 7.11. Transport vositasida uni ishlab chiqargan korxona tomonidan ko'zda tutilmagan boshqa nusxadagi yukxona (kuzov) qismlari o'rnatilgan bo'lsa. 7.12. Yukxona, kabina qismlari to'la ta'mirlanmagan va bo'yog'i tashqi ko'rinishni buzadigan hamda bir necha xil rangga bo'yalgan bo'lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno). 7.13. Ikki g'ildirakli mototsikl tarkibida ko'zda tutilgan xavfsizlik yoyi (duga) bo'lmasa. 7.14. Mototsikl va mopedlarda ko'zda tutilgan oyoq tiragich, egarida yo'lovchi uchun ko'ndalang tutqich o'rnatilmagan bo'lsa.
Izoh: Bir turdagi transport vositalarida buferlar, moldinglar, qoplamalar, g'ildirak qopqoqlari va h.k. ni o'zaro almashtirishga ruxsat etiladi. 7.15. Ilovada ko'rsatilgan texnika talablariga Davlat namunalari bo'yicha o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.