6.1. Ishlab chiqqan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me'yordan ortiq bo'lsa. 6.2. Yo'nilg'i uzatish tizimi zich (germetik) bo'lmasa. 6.3. Radio to'lqinlaridagi shovqinni so'ndiruvchi moslamalar bo'lmasa. 6.4. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq bo'lsa. 6.5. DAN organlari ruxsatisiz yurgizgich tuzilishiga o'zgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yo'nilg'ida ishlatish uchun qo'shimcha moslama va jihozlar o'rnatilgan bo'lsa.