3. Tashqi yoritgichlar.

3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.
Izoh: 1. Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo'lishi mumkin.
Tumanga qarshi faralar yo'l yuzidan 250 mm dan kam bo'lmagan balandlikda joylashishi, lekin yaqinni yorituvchi faralardan baland bo'lmasligi, transport vositasining o'qiga mutanosib va tashqi gabaritdan ko'pi bilan 400 mm uzoqlikda joylashishi kerak.
2. Tumanga qarshi bitta yoki ikkita qizil chiroq transport vositalarining orqasiga 400-1200 mm balandlikda va to'xtatish ishorasida kamida 100 mm yaqinlikda o'rnatiladi.
3 Tumanga qarshi fara, orqa chiroqlar, gabarit chiroqlari va davlat raqami belgisini yorituvchi chiroqlar bir vaqtda yoqilishi kerak.
4. Engil transport vositasi va avtobusga bitta yoki ikkita qo'shimcha qizil rangli, tormoz berganda yonuvchi chiroqni 1250-1400 mm balandlikda o'rnatishga ruxsat etiladi.
5. Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan engil avtomobillarga boshqa turdagi, rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlarini o'rnatishga ruxsat etiladi.

3.2. Yorituvchi fara nurining yunalishi buzilgan bo'lsa.
3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo'lsa.
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo'lmasa yoxud nur sochuvchi va lampalar tegishli yorug'lik asboblari turiga mos bo'lmaganidan foydalanilgan bo'lsa.

Hosted by uCoz