15.1 | Chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchilarga yo'l berishi kerak. |
15.2 | Tirbandlik tufayli to'xtashga majbur bo'lgan haydovchi, agar u ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. |
15.3 | Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan o'tish qoidalariga, chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. |
Tartibga solingan chorrahalar. | |
15.4 | Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan rel'ssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o'zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak. |
15.5 | Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yo'naltirgich yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlardagi transport vositalariga yo'l berishi kerak. |
15.6 | Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va rel'ssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega buladi. |
15.7 | Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart. |
15.8 | Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyodalarga yo'l berishi shart. |
Tartibga solinmagan chorrahalar. | |
15.9 | Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. |
15.10 | Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada rel'ssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay rel'ssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega buladi. |
15.11 | Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim. |
15.12 | Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel'ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. |
15.13 | Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa (qoronri vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerak |
< < < oldingi bob | keyingi bob > > > |