1. Tormoz tizimi.

1.1. Tormoz tizimining tuzilishi o'zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko'zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo'llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi quyidagi me'yorlar talabini ta'minlamasa:

T/rTransport vositasi turiTormoz yo'li (ko'pi bilan) metr hisobida
1981 yil 1.01dan ishlab chiqarila boshlagan1981 yil 1.01dan oldin ishlab chiqarila boshlagan
aslahalangan holdato'la vazndaaslahalangan holdato'la vaznda
1Engil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari12.212.914.516.2
ular shatakka olganda13.616.514.516.5
2Avtobuslar:
to'la vazni 5 tonna va undan kam bo'lgan13.617.018.721.2
to'la vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan16.817.419.921.2
3Yuk avtomobillari:
to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan15.119.019.023.0
to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan17.320.118.423.0
to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan16.019.717.723.0
4Avtopoezdlar shatakchi transport vositasi bilan:
to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan17.721.822.725.0
to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan18.821.322.125.0
to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan18.420.821.925.0
5Ikki g'ildirakli mototsikl va mopedlar7.57.57.57.5
6Kajavali mototsikllar8.28.28.28.2

Izoh: 1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofik boshqa o'lchamlar bilan ham belgilanishi mumkin.
2. Ishchi tormoz tizimi - yo'lning beton, asfal'tbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km bulganda sinovdan o'tkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida to'g'ri yo'nalishni saqlash uchun harakatlanish izini o'zgartirishga majbur bo'lsa yoki to'g'ri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.

1.3. Gidravlik tormoz uzatmasining zijligi (germetikligi) buzilgan bo'lsa.
1.4. Pnevmatik tormoz uzatmasining zijligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimi 0,05 MP (0,5 kg/sm2dan ko'p pasayishiga sabab bo'lsa.
1.5. Tormoz uzatmasidagi havo bosimini o'lchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.
1.6. To'xtatib turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
to'la vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi engil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoezdlarni 31 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda.
Izoh: To'xtatib turish tormoz tizimi sinovdan o'tkazilayotganda yurgizgich transmissiyadan ajratilgan bo'lishi kerak.
1.7. Qulflovchi moslama to'xtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi)ni ushlab tura olmasa.


Hosted by uCoz