16. Piyodalarning o'tish joylari va belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining bekatlari.

16.1Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyida qatnov qismidan o'tayotgan piyodalarga yo'l berishi shart.
16.2Agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtatsa, qo'shni bo'laklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yo'qligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
16.3Tartibga solingan piyodalar o'tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov qismini shu yo'nalishda kesib o'tishni tugallashga imkon berishlari kerak.
16.4Agarda, piyodalar o'tish joylaridan keyin paydo bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o'tish joyida to'xtashga majbur bo'ladigan bo'lsa, bunday piyodalar o'tish joylariga kirish taqiqlanadi.
16.5Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyodalarni o'tkazib yuborishi kerak.
16.6Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda to'xtagan belgilangan yo'nalishdagi transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yo'l berishi kerak..
16.7"Bolalar guruhini tashish" taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositasi to'xtab turganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo'lsa to'xtashi va bolalar guruhini o'tkazib yuborishi kerak.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz