5. Shinalar.

5.1.Engil avtomobillar shinasi naqshlari izlarining qoldik chuqurligi 1.6 mm dan, yuk avtomobillariniki - 1.0 mm dan, avtobuslarniki - 2.0 mm dan, mototsikl va mopedlarniki - 0.8 mm dan kam bo'lsa.
Izoh: Tirkamalar shinasi naqshlari izlarining qoldik chuqurligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me'yor kabidir.
5.2. Shinalarning ba'zi joylari shikastlangan yoki boshqa nuqsonlarga (kesilgan, yorilgan) ega bo'lsa.
5.3. Qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa.
5.4. Shina o'lchamlari yoki unga cheklangan og'irlik transport vositasining turiga mos kelmasa.
5.5. Transport vositasining bitta o'qiga diagonal va radial, shuningdek, har xil naqshli shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
5.6. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi o'qiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa o'qiga esa ikkinchi marta (2-darajali) ta'mirlash yuli bilan tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
5.7. Engil avtomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi o'qiga ikkinchi marta (2-darajali) ta'mirlash yo'li bilan tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.

Hosted by uCoz