2. Tik chiziqlar.

Tik chiziqlar - yo'l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo'l-yo'l oq-qora chiziqlar majmuisidan iborat bo'lib, ularning o'lchamlarini ko'rsatishda, ko'z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.

2.1 - harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug'diradigan yo'l inshootlarining tik elementlari (ko'priklar va osma yo'llar, ustunlar va h.k.)ni bildiradi.
2.2 - tonnellar, ko'priklar, osma yo'l va ko'priklarning pastki qirrasini bildiradi. 2.3 - ajratish bo'laklaridagi yoki xavfsizlik orolchalari"dagi dumaloq ustunlarni bildiradi.
2.4 - yo'naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to'siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi.
2.5 - yo'lning kichik radiusli bo'rilishlari, tik nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yo'l chetiga o'rnatilgan to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.6 - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.7 - yo'lning xavfli joylarida uning chetidagi to'siqni (bordyurni) va yo'l sathidan baland bo'lgan xavfsizlik orolchalari chetini bildiradi.

Hosted by uCoz