26. Yuk tashish.

26.1Tashilayotgan yukning vazni va o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
26.2Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to'g'ri joylashganligi va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga halaqit bermasligini ta'minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
26.3Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi:
haydovchiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklamasa;
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari va yorug'lik qaitargichlarini, davlat raqami belgilarini va taniqlik belgilarni, shuningdek, ishoralarni va qo'l bilan beriladigan ishoralarni ko'rishni to'smasa;
shovqin solmasa, chang ko'tarmasa yo'lni va atrof muhitni iflos qilmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qaid etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o'tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishi, uning iloji bo'lmasa bundan keyingi harakatlanishni to'xtatishi shart.
26.4Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofik Katta o'lchamli yuk belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha qilib oldi oq chiroq yoki yorug'lik qaitargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaitargich bilan belgilanishi kerak.
26.5O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo'lgan yoxud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi uchun DAN organlarining ruxsatnomasi bo'lishi kerak.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz