23. Mexanik transport vositalarini shatakka olish.

23.1Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. Qattik ulagichning tuzilishi (konstruktsiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini ta'minlagan hollar bundan mustasno.
23.2Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukhonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukhonasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining yukhonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.
23.3Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4-6 metr oralig'ida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida esa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak. Egiluvchan ulagichga Qoidalarning 28.4 bandiga muvofik taxtacha yoki bayroqcha qo'yilishi kerak.
23.4Shatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan ko'prok transport vositalarini;
shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq bo'lsa;
to'xtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

< < < oldingi bobkeyingi bob > > >
Hosted by uCoz